Uy bekasi novvot ishlab chiqaruvchi tadbirkor boʻldi

    Xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi saʼy-harakatlar oʻz samarasini bermoqda.

    Bu borada Olmaliq shahrida ham keng koʻlamli ishlar olib borilyapti.

    Hududda 155 tadan ortiq ayol tadbirkorlar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ular tomonidan 2 ming 500 nafar aholi bandligini taʼminlangan. Xususan, “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Nalufar Xolmatova ham davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanayotgan ishbilarmon ayollardan biri.Uning tashabbusi bilan mahalladagi 0,02 gektar maydondagi foydalanilmay turgan bino qayta taʼmirlanib, “Nasiba Nur Novvot” korxonasini tashkil qildi.

    Hozir bu yerda el dasturxoni uchun novvot ishlab chiqariladi. Mahallada yashovchi 10 nafar aholi shu yerda ishlamoqda. Uning tashabbusi bilan mahalladagi 0,02 gektar maydondagi foydalanilmay turgan bino qayta taʼmirlanib, “Nasiba Nur Novvot” korxonasini tashkil qildi. Hozir bu yerda el dasturxoni uchun novvot ishlab chiqariladi

    Mahallada yashovchi 10 nafar aholi shu yerda ishlamoqda.

    – Loyiha uchun 600 million soʻm mablagʻ sarflandi, – deydi tadbirkor N.Xolmatova. – Dastlab ishni boshlash uchun Fargʻona viloyati qandolatchilari tajribasini oʻrgandik. Mahalla raisi va hokim yordamchilari koʻmagida ishni tashkil qilyapmiz. Bir kunda 1,5 tonna novvot ishlab chiqaramiz. Mahsulotlarimiz hozircha ichki bozorga chiqarilyapti, qoʻshni Sirdaryo viloyatida ham talab koʻp. Shu bilan birga, kelgusida Qozogʻiston davlatiga ham novvot eksport qilishni rejalashtirganmiz. Bugungi kunda ishlab, tadbirkorlik qilmoqchi boʻlgan men kabi uy bekalari uchun mahalla eng qulay joydir. Muhimi, ishtiyoq, tinimsiz harakat va mehnat qilinsa boʻlgani.

    Maʼlumki, novvot xalqimizning qadimiy shirinliklaridan biri boʻlib, inson tanasiga oʻzgacha quvvat bagʻishlaydi. Novvotning olmosday tovlanuvchi shakli koʻzni quvnatadi.

    Tadbirkor ayol kelgusida ishlab chiqarish tarmoqlarini koʻpaytirish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishni rejalashtirgan.