Olib borilayotgan tushuntirishlar davomida oilalarni yarashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Inomjon Haydarov Uychi tumani YOrkatay mahallasida istiqomat qiladi. Turmush o'rtog'i Muslima Haydarov bilan ajrashib ketgan edi. Fuqarolik ishlari bo'yicha Uchqo'rg'on tumanlararo sudining 2019 yil aprel` oyidagi xal qiluv qarori bilan I.Haydrovdan 1 nafar farzandi uchun har oyda eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida aliment undirish belgilanadi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo'limi ish yurituviga olinib, ijro harakatlari qo'zg'atiladi. YA'ni, otadan har oyda aliment mablag'lari undirib beriladi. O'z o'rnida davlat ijrosi tomonidan oilani yarashtirish bo'yicha tushuntirishlar oham olib boriladi.
Kuni kecha navbatdagi targ'ibot samara berib, oilalar yarashishga ahd qilishdi. SHu bilan bo'lim ish yurituvidagi ijro hujjati tamomlanib, Uychida yana bir oilaga quvonch qaytdi.