Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan ayollar va yoshlar daftariga roʻyxatga olingan, tikuvchilik, toʻquvchilik, kashtachilikka qiziquvchi xotin –qizlarni mehnat bandligini taʼminlash ularni malakasini oshirish, ustoz va shogird anʼanalarini davom ettirishdan iborat.
Markazning ochilish marosimida ishtirok etgan Shahrisabz shahar prokurori Bahrom Bekboʻtayev, shahar hokimining oʻrinbosari Muxayyo Almirzayeva, shahar kengashi deputati, hokim yordamchilari Gullola Mirzayeva, Nodir Mannonovlar mahallalardan kelgan xotin –qizlarga korxona faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berishdi.
Endi uyda oʻtirgan hunarmandchilikka qiziquvchi xotin –qizlarimiz uchun eng qulay imkoniyat va sharoit yaratildi.Hunarmandchilikni barcha turlarini oʻrganishni xoxlovchi xotin qizlar uchun markaz eshiklari doimo ochiq.