Kompaniya Matbuot xizmatining qayd etishicha, bu “Chaqirib olish” dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bogʻliq.
Barcha ishlar “UzAuto Motors” AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
“UzAuto Motors” ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifati va mijozlar talabini qondirishni oʻzining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. “UzAuto Motors” AJ bosh direktori Bo Andersson bu yil kompaniyaga kelganida sifatni keskin oshirishni va har qanday kamchiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda boʻlishni eʼlon qildi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, avtomobillari chaqirib olish dasturiga toʻgri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi.









