UzAuto Motors sotuvda yo‘q bo‘lgan mashinalar narxini oshirdi

    Yangilangan narxlar kompaniya saytida e’lon qilingan.

    UzAuto Motors kompaniyasi hozir sotuvi yopib qo‘yilgan bir qator avtomobillarning narxlarini oshirdi. Yangilangan narxlar kompaniyaning Chevrolet.uz saytida e’lon qilindi.

    Yangi narxlar bilan tanishing:

    - Lacetti L-Style Plus AT: 169 118 000 so‘m (eski narxi – 160 868 000 so‘m);

    - Damas D2 DLX Style Plus: 96 932 000 so‘m (eski narxi – 92 204 000 so‘m);

    - Labo LB2 Plus: 96 370 000 so‘m (eski narxi – 91 669 000 so‘m);

    - Cobalt GS-Style Plus MT: 119 542 000 so‘m (eski narxi – 113 711 000 so‘m);

    - Cobalt GX-Style Plus AT: 141 181 000 so‘m (134 294 000 so‘m).