“Uzauto Motors” zavodi yagona platformadagi yangi avtomobillarni ishlab chiqarishga oʻtadi

    Transport 16 Iyul 2021 561

    Avval xabar berganimizdek, “UzAuto Motors” kompaniyasida boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oʻzgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

    Investitsiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi ushbu platforma asosida, bir nechta modellarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

    Birinchi bosqichda Chevrolet Onix hamda Tracker modellari.

    Chevrolet Onix va Tracker modellarini oʻzlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan oʻrnatish va ishga tushirish ishlari joriy yil 15-iyuldan – 21-avgustgacha rejalashtirilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yigʻiladi.

    Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga oʻtishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.

    UzAuto Motorsning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qoʻshimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi.

    Shu oʻrinda alohida taʼkidlaymiz, UzAuto Motors tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha barcha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlaydi. Rejalashtirilgan modernizatsiya ishlari oldindan tuzilgan transport vositalarini yetkazib berish jadvaliga taʼsir qilmaydi, deb xabar beradi “Uzauto Motors” AJ matbuot xizmati.