UzAuto Motors isteʼmolchilardan toʻgʻri tushunib turishni soʻradi

    Transport 30 Noyabr 2021 2124

    UzAuto Motors noyabr-dekabr oylarida yetkazilishi kerak boʻlgan avtomobillar boʻyicha muddatni yana 2 oyga uzaytirilishini maʼlum qildi.

    Kompaniya avtomobilni yetkazib berish boʻyicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini maʼlum qiladi.

    “Boshqacha aytganda, «UzAuto Motors”ga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli, yarimoʻtkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qoʻllashga hamda 3.1 bandda koʻrsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur.

    “UzAuto Motors” ushbu ekstremal chora isteʼmolchilar tomonidan toʻgʻri tushunilib qabul qilinishiga umid qilmoqda.

    Shuningdek, Hurmatli xaridorlar, sizni ishontirib aytamizki, uzoq kutilgan avtomobilingizni imkon qadar tezroq olishingiz uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarni qilamiz» - deyiladi bayonotda.