UzAutoMotors yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas rusumidagi avtomobillar narxini eʼlon qildi

    Sanoat 4 Avgust 2023 4698

    UzAuto Motors 2023-yilda qoʻshimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini maʼlum qildi.

    Kompaniya Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas modellarining yangi komplektatsiyalari uchun kontraktatsiya ochilganini maʼlum qildi.

    Shu bilan birga, avvaldan mavjud boʻlgan komplektatsiyalarning narxlari oʻzgarishsiz qolgan.

    Bundan tashqari, avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda.

    Yangilangan komplektatsiyalar qoʻshimcha opsiyalar bilan:

    Damas D2 DLX Style Plus: 92 204 000

    LABO LB2 Plus: 91 669 000

    COBALT GS-Style Plus MT: 113 711 000

    COBALT GX-Style Plus AT: 134 294 000

    LACETTI L-Style Plus MT CNG: 144 111 000

    LACETTI L-Style Plus AT: 160 868 000