Endilikda, havo kemasi sahniga faqatgina parvoz vaqtida zarur boʻluvchi ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar ashyolari solingan sumkani olib kirish mumkin. Boshqa narsalar esa qatnovga roʻyxatdan oʻtilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart, deb xabar beradi “Uzbekiistan Airways” AJ matbuot xizmati.

Xabar orqali shu narsaga eʼtibor qaratiladiki, foydalanilmaydigan qoʻl yuki bepul tashish mumkin boʻlgan bagajga qoʻshiladi. Yaʼni, belgilangan 8 kilogramm qoʻl yukidan faqatgina 2 kilogrammini samolyot sahniga olib kirish mumkin boʻladi. Qolgan 6 kilogrammi esa bagaj uchun ruxsat berilgan yuk miqdoriga bepul qoʻshiladi.