Uzbekistan Airways 2021-yil 12-noyabrdan boshlab Rigaga aviaqatnovlar sonini oshiradi!

    Transport 3 Noyabr 2021 1024

    Endilikda, Toshkent — Riga — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

    Ushbu kunlardagi aviaparvozlar quyidagi harakat jadvali boʻyicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

    - Toshkentdan joʻnab ketish: 09:30

    - Rigaga kelish: 12:00

    - Rigadan joʻnab ketish: 15:00

    - Toshkentga kelish: 23:00

    Mazkur yoʻnalish boʻyicha aviachiptalar narxi bir tomonga 2 425 539 soʻmdan (bagajsiz) va 2 798 698 soʻmdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish boʻyicha aviachiptalar 3 930 368 soʻmdan (bagajsiz) va 4 477 669 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati.