Boeing kompaniyasi bilan tuzilgan 14+8 shaklidagi shartnomaga koʻra, 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti xarid qilinadi va yana 8 ta shu turdagi havo kemasi opsion sifatida olinadi. Samolyotlar yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi.

Ushbu kelishuv Uzbekistan Airways uchun Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga uzoq masofali parvozlarni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.

Shuningdek, Boeing va Oʻzbekiston Transport vazirligi oʻrtasida mamlakatning aviatsiya ekotizimini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik memorandumi ham imzolandi.