Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti Minsk aeroportida yoʻlakdan chiqib ketdi

    Bu haqda mahalliy aeroport matbuot xizmati xabar berdi.

    17-yanvar kuni Toshkent-Minsk yo’nalishidagi HY-709 qatnovni amalga oshirgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Airbus A-320 havo kemasi kuchli qor yogʻishi va qor boʻroni vaqtida 13:35 (Toshkent vaqti bilan) Minsk Milliy aeroportiga muvaffaqiyatli qoʻndi.

    Biroq, havo kemasi boshqaruv vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan tashqariga chiqib ketdi.

    Favqulodda vaziyat vaqtida havo kemasi sahnida 11 nafar ekipaj a'zolari va 115 yoʻlovchi boʻlib, ular orasida zarar koʻrganlar yoʻq. Hodisa natijasida havo kemasi zarar koʻrmagan.