HY602 Moskva – Toshkent qatnovi Navoi aeroportiga yoʻnaltirilgan, HY336 Jidda – Toshkent qatnovi esa Samarqand aeroportiga yoʻnaltirilgan.
Ushbu yoʻnalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib borgan.
Bundan tashqari, Fargʻona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan HY081 Toshkent – Fargʻona reysi soat 06.55 dan 09.30 ga koʻchirilgan. HY277 Fargʻona – Istanbul reysi Fargʻona xalqaro aeroportidan oʻz yoʻnalishi boʻyicha joʻnab ketgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, HY278 Istanbul – Fargʻona va HY082 Fargʻona – Toshkent reyslari kechikib amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.