12-oktyabr kuni diplomatik missiya aviakompaniya xavfsizlik nuqtai nazaridan parvozlarni to‘xtatishga qaror qilgani haqida yozgandi. Ammo ko‘p o‘tmay, xabar o‘zgartirildi. Yangi xabarda ta’kidlanishicha, aviakompaniya 12-oktyabrdan aviaqatnovni davom ettirishga qaror qilgan.
“Keyingi aviaqatnovlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qilgandi. Unda O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qilingan.
7-oktyabr kuni kechqurun "HAMAS" Isroilga yangi raketa hujumlarini uyushtirdi. Oqibatda o‘nga yaqin odam jarohat oldi. Raketa bo‘laklari Tel-Avivdagi uylarga qulagan.