Mazkur qatnov haftaning har yakshanba kunida amalga oshiriladi, deb yozdi “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabarida.

Aviachiptalar quyidagi harakat jadvali bo'yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Toshkentdan jo'nab ketish: 19:20

Namanganga kelish: 20:20

Namanganga jo'nab ketish: 21:00

Toshkentga kelish: 21:50

Toshkent – Namangan – Toshkent yo'nalishi bo'yicha bagajsiz bir tomonga aviachipta narxi 99 343 so'mdan, bagaj bilan esa 111 763 so'mdan boshlanadi. SHuningdek, mazkur yo'nalishdagi borish va ortga qaytish uchun aviachiptalar narxi bagajsiz 173 850 so'mdan, bagaj bilan 198 686 so'mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. eslatib o'tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi.