Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika boʻylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma muddatini 23-yanvarga qadar uzaytirdi.

Shuningdek, 18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta buyurtma qilishga ruxsat etiladi.