Uzbekistan Airways vaqtincha Iroq va Eron havo hududini aylanib oʻtadi

    Uzbekistan Airways 2-oktyabrdan boshlab, Iroq havo hududi va Eron havo hududining gʻarbiy qismini aylanib oʻtadi.

    Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligi koʻrsatma bergan. Uzbekistan Airways mazkur koʻrsatmaga amal qilgan holda, aniq koʻrsatmaga qadar muntazam parvozlarni amalga oshirishini maʼlum qildi.

    Kompaniya parvozlarning maksimal xavfsizligini taʼminlash uchun muqobil yoʻnalishlardan foydalangan holda Toshkent — Tel-Aviv — Samarqand/Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni davom ettiradi.