U oʻz ichiga Markaziy ishlab chiqarish —dispetcherlik xizmati, Aeronavigatsiya parvozlarini qoʻllab-quvvatlash xizmati va boshqa boʻlinmalarni olgan.  Qisqa qilib aytganda, ushbu markaz aviakompaniyaning joriy faoliyatini tezkor boshqarish, yuzaga keladigan har qanday muammolarni hal qilish imkonini beruvich muhim tuzilma hisoblanadi.   Bu yerda oʻta muhim maʼlumotlar jamlangan boʻlib, istalgan vaqtda havo kemalari parkining joylashuvi, ularning texnik holati, parvozga tayyorlik darajasi va hattoki parvozdagi yoʻlovchilar haqida toʻliq maʼlumot olish imkoni mavjud.  

Markazni modernizatsiya qilish rejasi ilgʻor jahon tajribasini tahlil qilib oʻrganib chiqqandan soʻng amalga oshirila boshlandi. Aviakompaniya mutaxassislari Yevropa, Rossiya va Turkiyadagi shu kabi markazlarga tashrif buyurishdi. Markaz faoliyatida xodimlarni oʻqitish va yangi dasturiy mahsulotlarni joriy etishga eʼtibor qaratildi.

“Uzbekistan Airways”  bu jarayonga eng soʻnggi texnologiyalarni joriy etdi va Boeing kompaniyasining dasturiy taʼminotiga oʻtishni amalga oshirdi. Ushbu yechim parvoz haqidagi barcha maʼlumotlarni birlashtirishga va uni parvozga tayyorlanayotgan uchuvchining planshetiga elektron tarzda yuborishga yordam berdi. Telekommunikatsiya yechimlari mutlaqo yangi mahsulotni yaratgan fransuz ishlab chiqaruvchisi — SITA kompaniyasidan xarid qilindi. Bu esa aviakompaniyaning barcha havo kemalarining hozirgi holatini kuzatish, parvozdagi meteorologik vaziyatni tahlil qilish va dunyoning istalgan nuqtasida bort kompyuteri orqali ekipajlar bilan aloqada boʻlish imkonini beradi.  

 Parvozlarni boshqarish markazi aviakompaniyaning parvozlar muntazamligi imkon qadar yuqori boʻlishini va parvozlar kechikishi bilan bogʻliq omillarni minimallashtirish ustida ishlamoqda. “Uzbekistan Airways”   aviaparki toʻliq modernizatsiya qilindi va yangi havo kemalari bilan toʻldirilishda davom etmoqda. Bu parvozlarni rejalashtirish, havo kemalarini yoʻnalishlarga toʻgʻri taqsimlash, havo kemalari zaxirasini shakllantirish samaradorligini oshiradi va shu orqali yoʻlovchi tashishga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga imkon beradi.

—2020-yilda pandemiya tufayli cheklangan yoʻnalishlar tarmogʻini sezilarli darajada tiklashni boshladik, —  deydi “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi Shuhrat Xudaykulov,  — Bugungi kunga qadar nafaqat deyarli barcha reyslarni tiklandi, balki bir qator yangi yoʻnalishlar ochildi. Shu bilan birga, bizning asosiy vazifamiz, ustuvorligimiz doimo parvozlar xavfsizligi boʻlib qoladi. Parvozlarni boshqarish markazi bunga xizmat qiladi.