“CMMS” tizimini joriy etish “Uzbekistan GTL” zavodidagi 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini, texnik xizmat koʻrsatish va profilaktika ishlarini rejalashtirish, taʼmirlash talabnomalarini tayyorlash, inventarizatsiyani hisobga olish komponentlarini va materiallarni sotib olish boʻyicha soʻrovlarni toʻliq avtomatlashtirishga va texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishini raqamlashtirishga erishildi.
Ushbu tizim Avstraliyada texnik xizmat koʻrsatishni boshqarish tizimi boʻyicha yetakchi boʻlgan “Maintenance Experts Pty Ltd” kompaniyasi tomonidan “Uzbekistan GTL” Kompaniyasi biznes jarayonlari xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqildi. Milliy va xalqaro qonunchilik normalarini hisobga olgan holda Kompaniya doirasida moslashtirildi. Ushbu dastur oʻzining foydalanishda osonligi va samaradorligi bilan dunyoning boshqa davlatlardagi turli xil korxonalarida ham muvaffaqiyatga erishgan.
Ushbu dasturiy taʼminotni joriy etishdan koʻzlangan asosiy maqsad texnologik qurilmalar va uskunalarning ekspluatatsiyasida muntazam profilaktik (priventiv) texnik koʻriklar oʻtkazib borish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini uzoq vaqt davomida toʻxtovsiz ishlashini taʼminlash va texnik xizmat koʻrsatishni rejalashtirishda inson omilini minimallashtirishdir.
Mazkur tizim texnik xizmat koʻrsatish jadvaliga muvofiq almashtirilishi yoki ishlatilishi kerak boʻlgan ehtiyot qismlar, sarf materiallari hamda uskunalarni hisobini avtomatik tarzda olib boradi. Bunda mavjud omborda qoldiqlar, sotib olish zaruriyati va boshqa hisob yuritishlarini avtomatlashtirilgan holda olib boradi.
Ushbu tizim orqali uskunalarni taʼmirlash xarajatlarini kamaytirilishini, ishlarni reja asosida tashkil etishni va yuqori samaradorlikni amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Qurilma va uskunalar boʻyicha maʼlumotlar bazasi kiberxavfsizlik talablariga toʻlaqonli javob beradigan “Uzbekistan GTL” kompaniyasining serverlarida saqlanadi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.