“Uzbekistan GTL” Euro-6 (YEN15940) Yevropa ekologik standarti va OʼzDSt EN15940:2022 milliy standartining yuqori talablariga toʻliq javob beradigan «premium-klass» toifasidagi sintetik dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarishni boshladi.
2022-yil 1-iyulda Shveysariyaning SGS kompaniyasi “Uzbekistan GTL” zavodida ishlab chiqarilayotgan sintetik dizel yoqilgʻisining mustaqil laboratoriya sinovlarini oʻtkazdi, uning natijalari GTL tomonidan ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilgʻisining barcha parametrlari xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiqligini tasdiqladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi (OʼZAK.SL.0208) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan “Uzbekistan GTL” zavodining Markaziy Laboratoriyasi ham ishlab chiqarilayotgan GTL sintetik dizel yoqilgʻisi standartlar talablariga muvofiqligini tasdiqlagan edi.
“Uzbekistan GTL” «premium-klass» toifasidagi sintetik dizel yoqilgʻisi Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining savdo platformalari orqali sotiladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.