Samarqandni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmushi farovonligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ayni kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasi bo‘yicha yangi parlament shakllandi. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullashga bag‘ishlangan majlisi o‘tkazildi.