Uzum, shokolad va koʻk choydagi kimyoviy birikmalar koronavirus infeksiyasini blokirovka qilishga qodir ekan. Shimoliy Kaliforniya universiteti olimlari shunday xulosaga kelgan. Ularning tadqiqoti Frontiers in Plant Science jurnalida chop etilgan.

SARS-CoV-2ning ojiz tomoni Mpro fermenti boʻlib, u tiklanish jarayonida ishtirok etadi. Yana shu narsa ham maʼlumki, oʻsimlik ozuqalari har xil kimyoviy birikmalarining kuchli oksidlanishga va shamollashga qarshi xususiyatlarining oʻzaro bir-biriga taʼsiri natijasida Mpro nobud boʻladi ekan.

Mutaxassislar oziq-ovqatlar va dori vositalarida shunday birikmalar mavjudligini oʻrganib chiqdilar. Laboratoriya eksperimentlari uzum va koʻk choydagi mavjud moddalar Mproning funksiyalarini yoʻqqa chiqarganini koʻrsatgan. Kakao kukuni va qora shokoladdagi birikmalar esa Mpro faolligini taxminan 50 foizga pasaytirgan, deb yozadi Izvestiya.

Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, koʻk choyda shuningdek Mproning har xil qirralari bilan oʻzaro birgalikda harakatlanadigan va uning taʼsirini yoʻqqa chiqaradigan beshta kimyoviy birikma mavjud ekan.