Unda filialning 2-son sayyor kassasi kassiri A.A. 2022-yil fevral–mart oylarida oʻziga biriktirilgan hududda 278 nafar fuqaroga naqd pul koʻrinishida chiqarilgan jami 121,1 million soʻm pensiya va nafaqa pullarini ularning nomidan soxta imzolar qoʻyish orqali oʻzlashtirgani aniqlangan.
U ushbu pullarni internet tarmogʻidagi onlayn kazino oʻyinlariga ishlatib, talon-toroj qilgan. Tekshiruv davomida departament aralashuvi bilan 117 million soʻm qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (Hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.