Shu bois, mutaxassislar aholi qatlami toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishi zarur, degan xulosada.
Muhayyo Asilova, Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori :
— Vaksinadan soʻng hosil boʻladigan himoya kasallik oʻtkazgandan keyingi immunitetdan yaxshiroqdir. Bu jarayonda shakllanadigan neytrallovchi antitanalar miqdori xastalikdan soʻng paydo boʻladigan tabiiy antitanalar miqdoridan ancha yuqori boʻladi.
Vaksina olmagan insonlarda:
kasallik ogʻir kechib, hatto oʻlim holati kuzatilishi mumkin;
dardni yengib oʻtganlar esa nafas siqishi, yurak-qon tomir tizimi hamda bosh miya shikastlanishi, suyaklar moʻrtlashishi va yemirilishi, xotira zaiflashishi kabi asoratlardan aziyat chekadi. Shu maʼnoda, emlanish nafaqat oʻzimiz, balki atrofimizdagilarni ham kasallik yuqishidan himoyalaydi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.