Oʻtgan uch yildan ziyod vaqt mobaynida Fond tomonidan mazkur vazifalarni bajarish uchun salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 3 ta oliy: Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabi hamda 10 ta oʻrta maxsus Islom bilim yurtlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʻquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun
– 2018-yilda 723 533 386 soʻm;
– 2019-yilda 2 222 700 000 soʻm;
– 2020-yilda 1 410 634 244 soʻm;
– 2021-yilda 2 272 795 617 soʻm.
Shuningdek, pandemiya davrida hukumatimiz tomonidan fondga ajratilgan xayriya mablagʻlari hisobidan 3 133 000 000 soʻm diniy taʼlim muassasalariga xayriya sifatida yoʻnaltirildi.
Umumiy hisobda fond oʻz faoliyatini boshlagandan bugunga qadar jami 9 762 663 247 soʻm diniy taʼlim sohasiga xayriya sifatida yoʻnaltirilgan.
Taʼkidlash joizki, fond tomonidan ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishda xorijiy hamkorlar Saudiya Arabistoni, Germaniya va Turkiya qirolligi kabi davlatlarning ham salmoqli hissalari bor.
“Vaqf” fondi ona-Vatanimizda ilm-fan va diniy taʼlim rivojlanishiga hissa qoʻshishda davom etadi va bu xayrli ishda barcha hamyurtlarimizni hamkorlikka chorlab qoladi.