Qarorga koʻra, 2021-yil 10-apreldan:
➖ Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazi MCHJ Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi;
➖ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq:
● jamoat ishlarida ishtirok etayotgan va bandlikni ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratilayotgan fuqarolarning biometrik avtorizatsiya hamda GPS-trekking tizimlari joriy etiladi;
● mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish maqsadida autsorsing shartlarida psixologik mutaxassislar jalb etiladi.
Hududda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hamda vaqtincha yashash joyiga ega boʻlgan fuqarolar ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olinishi mumkin.
2021-yil 1-mayga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va abkm.mehnat.uz tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markaz tashkil etiladi.
Qaror bilan shuningdek, “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida ochiq tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.