Bu haqda «Dunyo« AA xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, deklaratsiyada AQSH poytaxti meri Oʻzbekistonda Mustaqillik kunining ahamiyati taʼkidlanib, Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olganini taʼkidlagan.

Bu qaror nafaqat yurtimiz mustaqilligi, balki mustahkamlanib borayotgan Oʻzbekiston va AQSH aloqalarini hamda Amerika poytaxtidagi oʻzbek hamjamiyatga boʻlgan yuksak eʼtirofdan dalolat beradi.

Qoʻshma Shtatlar poytaxtida 1-sentyabrning «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligi kuni« deb eʼlon qilinishi shunchaki ramziy maʼno emas, bu ikki xalq oʻrtasidagi tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarning yuksak belgisidir. Soʻngi yillarda Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida shakllangan yaqin munosabatlar oʻzaro strategik sherikchilikning yorqin ifodasi boʻlib, turli sohalardagi yanada kengroq hamkorlikka zamin yaratmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgandan buyon, oʻzining faol iqtisodiy yoʻlini belgilab olgani qayd etilgan. Bu yoʻnalishda jahon hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlab, tinchlik, birdamlik va oʻzaro hurmat prinsiplari asosida kuchli jamiyat qurishga erishdi.

Bundan tashqari, shahar meriyasi Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, shaxslararo aloqalarni yoʻlga qoʻyish va ikki davlat oʻrtasida madaniy almashinuvni rivojlantirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgani uchun minnatdorlik bildirdi.