Dastlab oliygoh Madanayat saroyi hovlisida harbiy qismlarning qurol-aslaha va texnikalar ko'rgazmasi hamda o'ziga xos harbiy chiqishlari bo'lib o'tdi.

Tadbirga hamohang ravishda ta'tildan qaytgan talabalarni sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida Chirchiq shahar hokimligi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi ham tashkil etildi.

Shundan so'ng O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Chirchiq gornizonida joylashgan harbiy qismlar o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida Memorandumlar imzolandi.

Memorandumlarni imzolash jarayonidan keyin tanatanali bayram tadbiriga navbat berildi.

Tadbir Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo'yicha o'rinbosari, polkovnik Qodirjon Tursunov hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor Noryigit Dusanovlarning kirish so'zlari bilan boshlandi va ular tomonidan uzoq yillik mashaqqatli mehnatlari, mardonovar xizmatlari uchun universitetda faoliyat olib borayotgan ko'plab nafaqadagi harbiylar taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan keyin bayram tadbirining badiiy qismi boshlandi. Badiiy qismdagi Toshkent harbiy okrugi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi ansanbli ijrosidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilarida o'zgacha taassurot qoldirdi, deb xabar beradi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Axborot xizmati.