Marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig'i, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, bilim yurtining mas'ul ofitserlari, kursantlar, ularning oila a'zolari, faxriylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Darhaqiqat. ona Vatanga qasamyod qanchadan-qancha sarkardalarimiz, botirlarimiz tilida yangragan va so'nggi nafasgacha yurakda saqlanadigan muqaddas ontdir. Tadbirda so'zga chiqqanlar yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi yo'lidagi islohotlar haqida gapirdi va kursantlarning o'qish va keyingi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Kursantlar Vatan oldidagi burchini halol bajarishga bel bog'lab, vijdoni, or-nomusi va sha'nini o'rtaga qo'yib, O'zbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq bo'lishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali qasamyod qildi.
Gulichehra DURDIEVA,
"YAngi O'zbekiston" muxbiri