Unga koʻra, Bekzod Baxtiyorovich Akramov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda byudjet, soliq va bojxona siyosatini muvofiqlashtirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;

Zafar Rayimovich Ruziyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudirining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi mudiri etib;

Uchqun Abdivoxidovich Maxmudov esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining Atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi mudiri etib tayinlandi.