Muloqotda bugungi kunda davlat xizmatiga kirishda oʻtkazilayotgan tanlovlar jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar, ularning yechimlari, shuningdek, ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi. Platformani yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar olindi.
Shuningdek, barcha jarayonlarning ochiqligini taʼminlash boʻyicha kadrlar boʻlinmasi rahbarlarining masʼuliyati oshirildi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning PF-5843-son Farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar boʻlinmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish vakolati Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga yuklatilgan, deb maʼlumot beryapti Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.