Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga muntazam chora tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda“Chuqursoy texnik-idora” temir yoʻl chegara bojxona posti orqali Qoʻqon shahrida faoliyat yurituvchi maʼsuliyati cheklangan jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Natijada, yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan ogʻirligi yarim tonnani tashkil etuvchi qiymati salkam 316 million soʻmlik velosiped shinalari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur tovarlarga 121 million soʻmdan ortiq qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.