Velosport boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start oldi

    Sport 6 Oktabr 2020 1103

    Poytaxtimizdagi velotrek bazasida oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi.

    Musobaqa 2004-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtmoqda.

    Karantin cheklovlari yumshatilgan davrda tashkil qilingan ilk Oʻzbekiston chempionatida mamlakatimizning barcha hududlaridan 100 nafardan ortiq oʻsmir sportchi mahoratini sinovdan oʻtkazmoqda.

    Oʻzbekiston chempionati bahslari 9-oktyabr kuni nihoyasiga yetadi.