Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini 8 ta medal bilan yakunladi

    Hindistonning Nyu-Dehli shahrida velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi.

    Shu yilning 18-22-iyun kunlari oʻtgan musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta medalni qoʻlga kiritdi.

    Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, chempionatning yakuniy kuni Indira Gandi arenasida Farruh Bobosherovning gʻalabasi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi. Yoshlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirdi.

    Yigitlar, ochkolar boʻyicha guruh poygasi (U-20)

    1. Farrux Bobosherov (Oʻzbekiston) – 74 ochko

    2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24

    3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23

    Shuningdek, kechagi bellashuvlarda Asal Rizayeva omnium, Nafosat Koziyeva hamda Yanina Kuskova juftligi medison dasturida bronza medallariga sazovor boʻldi. Shu tariqa, velotrek boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi qitʼa birinchiligini 1 ta oltin va 7 ta bronza medallari bilan yakunladi.

    Oltin medal

    Farrux Bobosherov – yoshlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi

    Bronza medallari

    Yanina Kuskova – ayollar oʻrtasida individual poyga

    Sofiya Karimova – qizlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi

    Vladislav Troman – yigitlar oʻrtasida omnium poygasi

    Yanina Kuskova – ayollar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi

    Sofiya Karimova – qizlar oʻrtasida skretch dasturi

    Asal Rizayeva – qizlar oʻrtasida omnium dasturi

    Nafosat Koziyeva hamda Yanina Kuskova – ayollar oʻrtasida medison, juftlik.