Shu yilning 18-22-iyun kunlari oʻtgan musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, chempionatning yakuniy kuni Indira Gandi arenasida Farruh Bobosherovning gʻalabasi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi. Yoshlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirdi.

Yigitlar, ochkolar boʻyicha guruh poygasi (U-20)

1. Farrux Bobosherov (Oʻzbekiston) – 74 ochko

2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24

3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23

Shuningdek, kechagi bellashuvlarda Asal Rizayeva omnium, Nafosat Koziyeva hamda Yanina Kuskova juftligi medison dasturida bronza medallariga sazovor boʻldi. Shu tariqa, velotrek boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi qitʼa birinchiligini 1 ta oltin va 7 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Oltin medal

Farrux Bobosherov – yoshlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi

Bronza medallari

Yanina Kuskova – ayollar oʻrtasida individual poyga

Sofiya Karimova – qizlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi

Vladislav Troman – yigitlar oʻrtasida omnium poygasi

Yanina Kuskova – ayollar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi

Sofiya Karimova – qizlar oʻrtasida skretch dasturi

Asal Rizayeva – qizlar oʻrtasida omnium dasturi

Nafosat Koziyeva hamda Yanina Kuskova – ayollar oʻrtasida medison, juftlik.