Shuningdek, musobaqa doirasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi A.Yudin xotirasiga bagʻishlab oʻsmirlar va oʻspirinlar oʻrtasida Respublika turniri ham oʻtkazildi.

Musobaqalar qizgʻin va murosasiz kurashlar ostida oʻtib, har bir distansiyada sportchilar gʻoliblik uchun astoydil ter toʻkdi.

Guruh poygasida toʻplangan ballar hisobiga koʻra, oʻgʻil bolalar orasida Alimardon Jamoliddinov, Muhammadjon Salimov, Shahzod Mirzaliyev, qizlar orasida esa Yana Mishinova, Madina Davronova, Muxlisa Sanaqulova gʻoliblik shohsupasiga koʻtarilishdi.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati