VTV davlat telekanalida chiqish qilgan Lopez Karib dengizidagi faollik yaqindan kuzatilayotganini qayd etdi.
Vazir Venesuelaning integratsiyalashgan havo hujumidan mudofaa tizimi Karib dengizi havo hududida mamlakat shimoliy qirg'oqlari va uning atrofidagi hududlarda beshdan ortiq jangovar samolyotlarni aniqlaganini ma'lum qildi va bu samolyotlarning mavjudligini “provokatsiya” va “milliy xavfsizlikka tahdid” deb atadi, deb xabar berdi aa.com.tr.
AQShning Karib havzasidagi harbiy faoliyatiga munosabat bildirgan Lopes shunday dedi: “Men butun dunyo oldida AQSh hukumatining Venesuela xalqiga harbiy bosimi va tahdidini qoralayman. Takror aytaman, bu provokatsiyadan boshqa narsa emas”.
Uning ta'kidlashicha, AQSh tomonidan ehtimoliy hujum bo'lsa, ular butun mamlakat bo'ylab “milliy safarbarlik” e'lon qilishlari mumkin: “Biz Puerto-Rikoda joylashgan F-35 samolyotlari Venesuela hududiga yaqinlashishga jur'at etayotganini bilamiz. Biz ularni kuzatmoqdamiz, ammo bu bizni qo'rqitmaydi. Biz ilgari hech qachon bunday samolyotlar joylashtirilganini ko'rmaganmiz”.
Lopes Prezident Nikolas Maduroning Bolivar milliy qurolli kuchlari (FANB) ehtimoliy ssenariylarga tayyorgarlik ko'rayotgani haqidagi ko'rsatmasini qo'shib qo'ydi: “Biz AQSh tomonidan ehtimoliy hujumga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Agar kerak bo'lsa, biz mamlakatning barcha resurslarini ishga tushiramiz va safarbarlik e'lon qilamiz”.