VI Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtadi

    Joriy yilning 21-aprel kuni VI Toshkent xalqaro marafoni boʻlib oʻtadi. Tadbir dasturiga 42 km klassik marafon, 21 km yarim marafon hamda 3 va 10 km masofalari kiritilgan.

    Marafon umumiy sovrin jamgʻarmasi — 720 mln soʻm. Shuningdek, ilk marotaba erkaklar va ayollar orasida trassa rekordi uchun asosiy mukofotlardan tashqari, bonuslar taqdim etiladi — marafon masofasi uchun 15 mln soʻm va yarim marafon masofasi uchun 10 mln soʻm.

    Marafonda ishtirok etish uchun Perfend.com platformasida 5-aprelgacha roʻyxatdan oʻtib, ishtirokchining start toʻlovini amalga oshirish kerak boʻladi. Tanlangan masofani bosib oʻtgan barcha ishtirokchilarga musobaqa medallari topshiriladi.