Taʼkidlanishicha, videodagi holat qachon va qayerda boʻlgani nomaʼlum.
Agar ushbu holatning qaysidir qurilish obyektida sodir boʻlgani yoki uning ishlab chiqaruvchisi haqida asosli maʼlumot boʻlsa, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tegishli chora koʻrib, vaziyat haqida axborot berishga tayyor.
Shu oʻrinda qurilish obyektlariga olib kelinayotgan materiallar inspeksiyaning maxsus laboratoriyasi tekshiruvidan oʻtkazilishi, ishlab chiqarish jarayonida ham laboratoriya tahlillari tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini taʼkidlash oʻrinli. Bugungi kunda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi laboratoriyalarida 78 tadan 108 tagacha turdagi qurilish materiallarining sifat koʻrsatkichi sinovdan oʻtkazilmoqda.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida qurilish obektlarida qurilish materillarining yuqorida aytillgan barcha koʻrsatkichlari boʻyicha namunalar tanlab olinib, sinov laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilgan.
Xususan, 28,8 mingdan ziyod sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan hamda 28,01 mingtasida ijobiy natijalarga erishilgan, qolgan 700 dan ziyod holat yuzasidan salbiy bayonnomalar rasmiylashtirilib, hududiy inspeksiyalar tomonidan shaharsozlik subektlariga nisbatan maʼmuriy jarimalar, taqdimnomalar hamda ushbu obektda qoʻllanilgan sifatsiz mahsulotlarni obektlarda buzdirish va toʻxtatish ishlari amalga oshirilgan.