Vishildoq oqqush noyob tur hisoblanib, Tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil ro'yxatiga, O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan.

Bu qushlar, asosan, dengiz qirg'oqlari, tashlama suv ko'llari va suv omborlarida yashaydi.

Bahorda,  fevral – mart oylarida uchib o'tadi. Qamishzorlar orasiga, qiya orollarga in quradi, may oyida 3 – 9 ta tuxum quyadi va 35 kun bosib yotadi. Polaponlari avgust – sentyabr oylarida ucha boshlaydi.