Yigʻilishda 2022-yil 11-noyabrda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan TDT davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishni koʻzda tutilgan.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat hamda Tashkilot doirasidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.