Jumladan, S7 Airlines aviakompaniyasining Irkutsk — Andijon yoʻnalishidagi S76311 reysi ekipaji Oʻsh shahridagi muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 00:01 da qoʻngan.
Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda — Namangan yoʻnalishidagi 9S5010 reysi Samarqand shahridagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi va soat 00:27 da qoʻnishni amalga oshirdi.
Shuningdek, Ural Airlines aviakompaniyasining Yekaterinburg — Namangan yoʻnalishidagi U62963 reysi ham Samarqanddagi muqobil aerodromga qoʻnib, soat 00:40 da yerga tushdi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Samara — Namangan yoʻnalishidagi HY9806 reysi esa Toshkent xalqaro aeroportiga yoʻnaltirilib, soat 04:11 da qoʻngan.
Bundan tashqari, FlyOne Asia aviakompaniyasining Madina — Namangan yoʻnalishidagi 7Q4452 reysi ham Toshkentdagi muqobil aeroportga yoʻnaltirilib, soat 06:05 da qoʻnishni amalga oshirgan.
Ayni paytda Namangan xalqaro aeroporti odatiy rejimda faoliyat yuritmoqda.