Yigʻilishda Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi prezidenti Mohammad Latif tashkilot oʻz tarixida yana bir muhim voqelik, yaʼni tashkilot Nizomi ostidagi barcha qonuniy hujjatlarni shakllantirganini eʼtirof etdi. Shuningdek, u Milliy federatsiyalar va qoʻmitadan koʻrsatilgan barcha aʼzolar yuqori malakali va oʻz sohasida katta tajribaga ega ekanligini taʼkidladi.
Yigʻilishda ikki nafar hamyurtimiz tashkilotning doimiy qoʻmitalari aʼzoligiga saylandi. Jumladan, Ahrorjon Sobirovning nomzodi Marketing va moliya qoʻmitasiga, Feruza Odilovaning nomzodi esa Rivojlanish va murabbiylar qoʻmitasiga maʼqullandi.