Voleybolchi qizlarimiz Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etadi

    9-18-avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida oʻtadigan V Islom birdamligi oʻyinlarining jamoaviy sport turlariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Eʼtiborlisi, dastlab faqatgina gandbol va basketbol 3x3 boʻyicha ayollar jamoalarimiz ushbu turnirda ishtirok etishlari eʼlon qilingan edi. Keyinchalik voleybol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar jamoasiga ham boʻlajak Islom birdamligi oʻyinlarida qatnashish uchun taklif keldi.

    Qurʼa yakuni boʻyicha jamoalarimiz musobaqaning guruh bosqichida quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib boradi:

    Gandbol, “A” guruhi: Senegal, Bangladesh, Turkiya, Oʻzbekiston;
    Voleybol, “A” guruhi: Oʻzbekiston, Indoneziya, Turkiya, Eron.

    Reglamentga koʻra, basketbol 3x3 dasturida qurʼa jamoalarning reytingidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va natija tez orada xalqaro tashkilot saytida eʼlon qilinadi.