Kengash uyushmagan yoshlarning yagona elektron bazasini shakllantiradi hamda ular bilan manzilli ishlash dasturlarini amalga oshiradi.

“Voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri”ni joriy etishga topshiriq berildi.

Bunda, “oila – mahalla – maktab - mustaqil hayot” tamoyili asosida har bir tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar bilan yakka tartibda ishlash boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Umuman, yoshlar oʻrtasidagi jinoyatlarni keskin kamaytirish boʻyicha har bir viloyat, tuman va shahar hokimining oʻzi shugʻullanib, oʻzgarish qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.