AQSh ularni Eronga zarbalarga tayyor bo'lishi kerakligi haqida ogohlantirganidan keyin, davlatlar bu haqda Vashingtonga ma'lum qilishdi.

WSJning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni, O'mon va Qatar vakillari Oq uyga Eron rejimini ag'darishga urinish neft` bozorlarida tartibsizliklarni keltirib chiqarishi va oxir-oqibat AQSh iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkinligini aytishdi. Mamlakatlar Eronga zarbalar Hormuz bo'g'ozi orqali neft tankerlarining harakatiga xalaqit berishidan cho'qimoqda.

Nashr manbalariga ko'ra, Saudiya Arabistoni rasmiylari Tehronga potensial mojaroda qatnashmasliklari va Qo'shma Shtatlarga Eronga qarshi zarbalar berish uchun o'z havo hududidan foydalanishga yo'l qo'ymasliklari haqida ishontirishgan, deb xabar berdi meduza.io.