Хакерлар жосуслик дастурлари ёрдамида мақсадли ҳужум қилишни бошлагани таъкидланмоқда

    92 mamlakatdagi “iPhone” foydalanuvchilari “Apple”m kompaniyasidan hakerlik hujumlari tahdidi haqida bildirishnoma oldi.

    Smartfon egalariga yuborilgan bildirishnomada aytilishicha, “Apple” josuslarning maqsadli dasturiy hujumini aniqlagan. Hujumchilar maʼlum smartfonlarni masofadan turib buzishga harakat qilgan. Hujumning maqsadi tasodifiy foydalanuvchilar emas, balki ularning faoliyatiga qarab maʼlum odamlar boʻlgan, deb taʼkidlamoqda “Apple”.

    Hindistonlik foydalanuvchilar aynan shunday ogohlantirish olgani aniq. Boshqa davlatlar roʻyxati oshkor etilmagan. Vaziyat oʻzbekistonlik “Reuters” egalariga ham taʼsir koʻrsatgani haqida maʼlumot yoʻq.

    “Apple” veb-saytida qayd etilishiga, 2021-yildan buyon 150 dan ortiq mamlakat foydalanuvchilari shunga oʻxshash bildirishnoma olgan. Josuslik dasturlari tahdidi jurnalistlar, siyosatchilar va diplomatlarga qaratilgani taʼkidlanmoqda. Oʻz navbatida hujum kimlar yoki qaysi davlat vakillari tomonidan uyushtirilganiga oydinlik kiritilmagan.

    “Apple hujumlar yoki tegishli tahdidlar haqida bildirishnomalarni biror bir aniq tajovuzkorlar yoki geografik hududlar bilan bogʻlamaydi”, deb taʼkidlamoqda kompaniya.

    “Apple” foydalanuvchilarni josuslik hujumi haqida bir necha usul bilan ogohlantirishini qoʻshimcha qildi. Bildirishnoma elektron pochta va “iMessage” orqali yuboriladi va “Apple ID” akkauntga kirgan paytda sahifaning yuqori qismida ham koʻrsatiladi.

    Qurilmalarni himoya qilish uchun foydalanuvchilar qulflash rejimini yoqishi mumkin. Shuningdek, mutaxassislardan yordam soʻrash tavsiya etiladi. Vaziyatning oldini olish uchun tizimning maksimal xavfsizligini taʼminlash, murakkab parollar va ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanish, shu bilan birga “iOS” tizimini muntazam yangilab turish kerak.