AQSHning yirik aloqa operatorlaridan biri boʻlgan “T-Mobile” serverlariga uyushtirilgan kiberhujum tufayli 37 million mijozlarning maʼlumotlari xakerlar tomonidan oʻgʻirlangan.

Oʻgʻirlangan maʼlumotlarda mijozlarning ism-sharifi, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari, tugʻilgan sana va hisob raqamlari mavjud boʻlgan.