Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlarida doimiy ishlaydigan kotibiyat yuridik shaxs hisoblanadi va uning faoliyati tegishli mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Kotibiyat tuzilmasi, shtatlari, xodimlarning mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika ta'minoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur harajatlar tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyat nizomi Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur harakat joylarda ijro hokimiyati rahbarlarining Kengashlarga ham rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilish yo'lidagi navbatdagi qadam, deyish mumkin. Bunga tayyorgarlik ketmoqda.
Qonun loyihasi uch o'qishda bir yo'la qabul qilinib, Senatga yuborildi.