Vazir “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatini takomillashtirish va maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
Shu kunning oʻzida vazir qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasida ham boʻldi.
Mazkur muassasa mutasaddilari va quruvchilar bilan suhbat jarayonida Baxtiyor Saidov kutubxonaning jihozlanishi borasida maʼlum standartlarga amal qilish, oʻquvchilarning kutubxonadan keng foydalanishlari uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, ajratilgan xonalarni maxsus jihozlar bilan taʼminlash hamda ensiklopedik, adabiy-badiiy, maʼrifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan yanada boyitish yuzasidan tegishli tavsiyalarini berdi, deb yozadi Vazirlik axborot xizmati.